2023-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Quva tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan 408,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 153,3 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 125,7 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 139,4 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 143,3 mlrd. so‘m
Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 333,7 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 1 494,7 ming so‘m.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘icha:
Bino va inshootlarni qurish – 359,5 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 31,8 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 17,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.