02/02/2024

2023-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Yozyovon tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan 234,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,5 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 29,1 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 120,5 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 85,2 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 138,5 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 1 981,4 ming so‘m.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘icha:
Bino va inshootlarni qurish – 104,1 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 123,6 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 7,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.