05/02/2024

Joriy yilning 2-fevral kuni Marg‘ilon shahridagi B.Marg‘iloniy va A.Yassaviy MFY faollari ishtirokida yangi qabul qilingan qonunlarnining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2024-yil 12-yanvardagi O‘RQ–895-son Qonunining mazmun va mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi.  Xususan, ma’ruzachi o‘z so‘zida ushbu Qonun yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining so‘zsiz va to‘liq amalga oshirilishini, unda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarning Yangi O‘zbekiston g‘oyasiga hamohang tarzda ro‘yobga chiqarilishini, davlat organlarining faoliyati yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yilishini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlashi, O‘zbekiston Respublikasi referendumiga chiqarilayotgan masalalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berishi, Konstitutsiyaviy sud o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqiga egalashi, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz o‘n yillik muddatga saylanishi, vakolatlari muddati tugagan sudyaning boshqa ish taqdim etish to‘g‘risidagi masala hal bo‘layotgan davrda, biroq uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinishi  kabi boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari kun tartibidagi ikkinchi masala O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgust kunidagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ–707-son Qonunining mazmun va mohiyati haqida atroflicha tushuncha berib o‘tildi.