08/02/2024

Farg‘ona shahridagi 45- umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 611-sonli qonunining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi 1-toifali mutaxassisi G‘.Mamajonov tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayonidan olingan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iborat ekanligi haqida so‘z yuritildi.