08/02/2024

Quvasoy shahridagi 29- umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishni tushintirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Fazilova tomonidan aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir sanada O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironlig, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib berilishi, hududlarni rivojlantirishbo‘yicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun axborot manbasi bo‘lib xizmat qilishi haqida so‘z yuritildi.