12/02/2024

Joriy yilning 9-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi A.Komiljonov tomonidan Qo‘qon shahar, “Afg‘onbog‘” MFY, Bobobek ko‘chasi, 34-uyda istiqomat qiluvchi Sh.Umarovalar oilasi xonadonida uy xo‘jaligi kuzatuvlari amalga oshirildi. O‘rganish natijasida uy xo‘jaligining barcha asosiy belgilari, aholi daromadlari tarkibida boshqa joriy transfertlarlar, aholining real umumiy daromadlari, ijtimoiy transfertlar, minimal iste’mol xarajatlari qiymati, uy xo‘jalik daromadlari, xarajatlari, iste’moli va uy joyi, uzoq muddatli foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanganligi va boshqa shu kabi ma'lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.