12/02/2024

Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Abdurahimova tomonidan Uchko‘prik tumaniga qarashli , “Tinchlik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Siddiqov hamda “Chorbog‘” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Oripoivalar xonadonida 4-TJ (turar joy) tallanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.