12/02/2024

Yozyovon tumani statistika bo‘limi boshlig‘I A.Arapov tomonidan Yozyovon tumaniga qarashli , “Toshxovuz”, “Soy bo‘yi”, “Bahor” MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar F.Qodirova, M.Rustamov, R.Millaboyevlar xonadonida 4-TJ (turar joy) tallanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.