13/02/2024

Joriy yilning 12-13- fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti hamda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi hamkorligida viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarda yillik statistika hisobotlarni o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish yuzasidan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirda institutning "Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar" kafedrasining dotsenti N. M. Sunnatov, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F. Yakubov va boshqa mutaxassislar tomonidan e-Stat 4.0 onlayn axborot tizimi, 1-KB Korxona va tashkilotlarning yillik hisoboti va 1-FX Fermer xo‘jaligi tashkilotlarining yillik hisobot shakllari, ularni to‘liq to‘ldirish va statitika organlariga taqdim etish masalalari bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar berildi.