13/02/2024

Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi M.Sheraliyeva tomonidan Marg‘ilon shahridagi Nurobod 8-tor ko‘chasi,20-uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar B.Rasulovlar xonadonida 4-TJ (turar joy) tallanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.