13/02/2024

Joriy yilning 13-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi R.Abdurazakov tomonidan Qo‘shtepa tumanidagi “Paxtakor” MFY, istiqomat qiluvchi Sulaymonova va Rahmonovalar oilalari xonadonida uy xo‘jaligi kuzatuvlari amalga oshirildi. O‘rganish natijasida uy xo‘jaligining barcha asosiy belgilari, aholi daromadlari tarkibida boshqa joriy transfertlarlar, aholining real umumiy daromadlari, ijtimoiy transfertlar, minimal iste’mol xarajatlari qiymati, uy xo‘jalik daromadlari, xarajatlari, iste’moli va uy joyi, uzoq muddatli foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanganligi, uy-xo‘jalik a’zolarining savodxonligi, bandligi, kam ta’minlanganlik darajasi kabi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.