16/02/2024

Joriy yilning 16-fevral kuni Buvayda tumaniga qarashli 2-son kasb-hunar maktabi talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 611-sonli qonunining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Buvayda tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O.Mirzaakbarov qatnashib, u o‘z so‘zida aholini ro‘yxatga olish jarayonidan olingan yetakchi ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida tushuncha berdi.