19/02/2024

Joriy yilning 16-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining "Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi" bo‘limi tomonidan Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda shahar va tuman ekoligiya va atrof-muhitni muxofaza qilish bo‘limi inspektorlari ishtirokida 1-eko(muxofaza) shakli "Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida 2023-yil uchun hisobot" hamda 1-kb eko(muxofaza) shakli "Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida mikrofirma va kichik korxonaning 2023-yil uchun hisoboti” davlat statistika hisobotlarini taqdim etishga bag‘ishlangan videoaloqa orqali yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda "Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi" bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Ya. Esonmirzayevlar qatnashib, korxona, tashkilot va muassasalarida 2023-yilda hosil bo‘lgan atrof-muhitga chiqarilgan chiqindilarni joylashtirish va ulardan foydalanish, qilingan harajatlar yuzasidan 1-eko(muxofaza) shakli hisobotini yirik korxonalar tomonidan joriy yilning 20-fevral kunidan kechikmay, 1-kb eko(muxofaza) shakli hisobotini 27-fevral kunidan kechiktirmay taqdim etishlari hamda o‘tgan yillarda yo‘l qo‘yilgan hato va kamchiliklarni  takrorlamaslik, hisobot shakllarini to‘g‘ri, shaffof va sifatli to‘ldirilishi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.