19/02/2024

Mamlakat iqtisodiyotining “sog‘lomligi”ni baholashning muhim omili – kichik biznes subyektlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi bo‘lib, bu uning moslashuvchanligi va doimiy o‘zgaruvchan iqtisodiy vaziyatlarga moslasha olish ko‘rsatkichidir.
2024- yil yanvar oyida savdo sohasida yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari soni 2020-yilning mos davriga nisbatan 227 tadan 259 taga (o‘sish 32 taga), yashash va ovqatlanish – 20 tadan 43 taga (o‘sish 23 taga) ko‘paydi.