21/02/2024

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshligi Sh.Mamadaliyev hamda “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi N.Umarova bilan birgalikda Quvasoy shahar “Cho‘lpon” MFY, “A.Navoiy” ko‘chas, 74/3 -xonadonida istiqomat qiluvchi Sh.Madaminova xonadonida tanlanma kuzatuv o‘tkazildi. O‘rganish natijasida uy xo‘jaligining barcha asosiy belgilari,  aholi daromadlari tarkibida boshqa joriy transfertlarlar, aholining real umumiy daromadlari, ijtimoiy transfertlar, minimal iste’mol xarajatlari qiymati, uy xo‘jalik daromadlari, xarajatlari, iste’moli va uy joyi, uzoq muddatli foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanganligi, uy-xo‘jalik a’zolarining savodxonligi, bandligi, kam ta’minlanganlik darajasi kabi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.