27/02/2024

Joriy yilning 27-fevral kuni Buvayda tumani statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi J.Odilov tomonidan tumanda yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi. Kuzatuv jarayonida yo‘lovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yo'lovchi sig'imi, bir kunda o'rtacha tashilgan yo'lovchilar soni, bir kunlik tushum, bir oyda ish kunlari soni, yo'lovchilarni bir kunda tashishning o'rtacha uzoqligi yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.