28/02/2024

Joriy yilning 27-fevral kuni Yozyovon tumani statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi A.Hakimov tomonidan tumanda yakka tartibdagi avtotransport xizmatini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning 4- tr (yat) - tanlanma kuzatuvi o‘tkizildi. Kuzatuv jarayonida yo‘lovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yo'lovchi sig'imi, bir kunda o'rtacha tashilgan yo'lovchilar soni, bir kunlik tushum, bir oyda ish kunlari soni, yo'lovchilarni bir kunda tashishning o'rtacha uzoqligi yuzasidan so‘rov o‘tkazildi. Olingan ma'lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.

Axborot xizmati.