28/02/2024

2023-yil yanvar-dekabr oylari holatiga So‘x tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 374,1 mlrd. so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,4 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Moliya xizmatlari – 28,5 mlrd.
Transport xizmatlari – 77,8 mlrd.
Savdo xizmatlari – 167,2 mlrd.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 28,6 mlrd.
Ta’lim xizmatlari – 2,8 mlrd.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlari - 2,9 mlrd.
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 7,4 mlrd.
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari – 12,4 mlrd.
Ijara xizmatlari – 11,5 mlrd.
Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari – 15,2 mlrd.

Bundan tashqari:
Kichik tadbirkorlik subyektlari – 327,4 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari - 4 507,5 ming so‘m miqdorida qayd etildi.