01/03/2024

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov hamda “Statistik registrlarni yuritish” bo‘limi boshlig‘i N.Toshqo‘ziyevlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligi qoshidagi kadrlar malakasini oshirish va statistika tadqiqotlar institutida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.
O‘quv jarayonlarida faol ishtiroki, o‘zini bilimi, qobiliyati, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarganligi, tinglovchilar orasida ajralib turishi va zukkoliklarini namoyish qilganliklari natijasida institutning tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.