01/03/2024

Joriy yilning 1-mart kuni Farg‘ona shahridagi olimpiya zaxiralarini tayyorlash majmuasining o‘qituvchi va talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 611-sonli qonunining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Fazilova tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayonidan olingan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iborat ekanligi haqida so‘z yuritildi.