04/03/2024

Joriy yilning 1-mart kuni Marg‘ilon shahriga qarashli “Go‘ravval mahalla fuqarolar yi‘g‘ini faollari ishtirokida hukumatimiz tomonidan yangi qabul qilingan qaror va qonunlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirildi.

Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-915-sonli Qonunida davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga bunday yordam ko‘rsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta’minlash tartibini belgilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, jumladan, Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaxs yoki sud ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shartligi, bunda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida 4 soat vaqt berilishi kerakligi, fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, sud da’vogarning yoki javobgarning iltimosiga ko‘ra, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shartligi, qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirishi haqida so‘z yutitdi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevral kunidagi “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-91-son Prezident Qaroriga muvofiq 2024- yil 1-oktyabrdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotni muomaladan chiqarish yoki mahsulotning kamida 60 foizini chaqirib olish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun – yuridik shaxslarga realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanishi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish holatlari tasdiqlanganda, ushbu mahsulotlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan to‘xtatib turishi va boshqa shu kabu ma’lumotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Yig‘ilish so‘ngida “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning huquqiy asoslari” mavzusi yuzasidan yurtimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilayotganligi haqida ma’lumot berildi.
Axborot xizmati.