05/03/2024

2024-yil yanvar oyi holatiga O‘zbekiston tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 60,7 mlrd. so‘mga yetdi.Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Moliya xizmatlari – 12,2 mlrd.
Transport xizmatlari – 6,6 mlrd.
Savdo xizmatlari – 22,1 mlrd.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 6,6 mlrd.
Ta’lim xizmatlari – 0,5 mlrd.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlari - 1,8 mlrd.
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 1,8 mlrd.
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari – 0,7 mlrd.
Ijara xizmatlari – 0,9 mlrd.
Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari – 1,1 mlrd.

Bundan tashqari:
Kichik tadbirkorlik subyektlari – 41,5 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari- 260,7 ming so‘m miqdorida qayd etildi.