05/03/2024

Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar soni 247 taga yetdi va ular tomonidan 44,1mln. AQSH dollari (2023-yilning mos davriga nisbatan 5,8 %ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.