07/03/2024

Bahor! Yangilanish va yosharish fasli! Bahor kirib kelishi bilan qalbimizda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha quvonch va o‘zgacha bir so‘z bilan ifodalab bo‘lmas his tuyg‘ular jo‘sh uradi.

Bugun yurtimizning barcha joylarida 8-Mart - Xotin-qizlar bayrami keng nishonlanmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining erkaklar jamoasi go‘zal ayollarimizni, opa-singillarimizni bahor va nafosat, go‘zallik va latofat bayrami bilan samimiy qutladilar.

So‘zga chiqqan boshqarma boshligi Sh.Mamadaliyev tizimda samarali va fidokorona mehnat qilayetgan barcha ayollarni tabriklab, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida davlatimiz tomonidan yuksak e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.