11/03/2024

Joriy yilning 7-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining xodimlari ishtirokida hukumatimiz tomonidan yangi qabul qilingan qaror va qonunlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib,  kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyati tushuntirildi. Jumladan, Davlat statistika qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tashkil etilganligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini ta’minlash bo‘yicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini ta’minlash maqsadida 2024- yil yakuniga qadar rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika ma’lumotlarining Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantirilishi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish bo‘yicha qo‘llanmalarni to‘liq joriy etish doirasida zarur tashkiliy choralar ko‘rilishi, shundan, rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlari ishlab chiqilishi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ma’qullangan qo‘llanma (NQAF) asosida Milliy sifatni boshqarish qo‘llanmasi ishlab chiqilishi, xalqaro ekspertlarni keng jalb etgan holda milliy statistika tizimini global baholashdan o‘tkazish tashkil etilishi va natijalari e’lon qilinishi, shuningdek, qaror bilan Statistika agentligi huzuridagi Statistika kengashi yangilangan tarkibda tashkil etilib, uning vakolat va majburiyatlari mustahkamlab qo‘yilishi, haqida ma’ruza qildi. Shu bilan burga Statistika agentligi rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishi, rasmiy statistika sohasidagi dasturlarning ishlab chiqilishini, amalga oshirilishini va ularni mamlakatning boshqa maqsadli dasturlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash choralarini ko‘rishi, o‘z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ko‘p yillik statistika dasturi hamda Statistika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan bir yillik statistika dasturi asosida amalga oshirishi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita bo‘ysunishi va unga hisobot taqdim etishi, davlat buyurtmasi bo‘yicha statistika ishlarining bajarilishi to‘g‘risida esa har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot berib borishi haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurdi. Buni so‘nggi yilllarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda O‘zbekiston islohotlarining asosiy hujjati hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan  2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ahamiyati katta ekanligi, mamlakat taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlari belgilangan Harakatlar strategiyasining Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishida bevosita korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilanganligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.