12/03/2024

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi tomonidan joylarda uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 12- mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA direktori hamda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media-tadbirlar rejasiga asosan viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirokida Farg‘ona tumani “Xurshidi tobon” mahalla fuqarolar yig‘iniga press-tur tashkil etildi.

Tadbirda “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi boshlig‘i M.Rahimova tadbirni ochib,  uy xo‘jaliklarida o‘tkaziladigan tanlanma kuzatuvlarning maqsadi va mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, u uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha сhоrа-tаdbirlаrni ishlab chiqish uсhun ma‘lumotlar shakllantirilishi, shuningdek, aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasi ko‘rsatkiclrlarini, iste’mol nаrхlаri indeksini, milliy hisoblar tizimida uy xo‘jaliklari sektori hisoblarini tuzishda foydalanishi haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng tadbir qatnashchilari mazkur mahallada tanlab olingan Ibrat ko‘chasi 56- uyda istiqomat qiluvchi fuqari I.Nosirovlar xonadoniga tashrif buyurib, mahalaga biriktirilgan intervyuyer N.Qodirova tomonidan berilgan savollarga uy xo‘jaligi a’zosidan javoblar olindi va olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.