15/03/2024

2024-yil 1-mart holatiga Furqat tumani bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 1 642 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,7 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 1 056 ta
Yangi tashkil etilgan – 38 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishliq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 33 ta
Sanoatda – 185 ta
Qurilishda – 60
Savdoda – 403ta
Tashish va saqlashda – 27 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 51 ta
Axborot va aloqada – 7 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 30 ta
Boshqa turdagi xizmatlarda – 260 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 463 ta
Xususiy korxonalar – 174 ta
Oilaviy korxonalar – 203 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 12 taga to‘g‘ri keldi.