16/04/2024

Joriy yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” boshqarmasi boshlig‘I Q. Berdiqulov rahbarligida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish uyzasidan videoaloqa orqali  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov hamda bo‘lim mutaxassislari ishtirok etdilar. Yig‘ilishda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlarini izchilik bilan davom ettirishish, mahalla fuqarolar yig‘ini xaritalaridagi o‘zgartirishlar, joylarda targ‘ibot va tashviqot ishlarni sifatli tashkil etish, ommaviy axborot vositalarida mazkur jarayonning mazmun va mohiyatini tishuntirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hududiy ishchi guruhlarining hisobotlari tinglandi.

Axborot xizmati.