16/04/2024

2024-yil 1- aprel holatiga Qo‘shtepa tumani bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 119 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,3 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 1 448 ta
Yangi tashkil etilgan – 85 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 104 ta
Sanoatda – 238 ta
Qurilishda – 76 ta
Savdoda – 543 ta
Tashish va saqlashda – 35 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 80 ta
Axborot va aloqada – 29 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 45 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 903 ta
Xususiy korxonalar – 150 ta
Oilaviy korxonalar – 142 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 5 taga to‘g‘ri keldi.