24/04/2024

2024-yilning yanvar-mart oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 1189,5 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 23,2 %ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 11,3 %i yoki 581,6 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 1 825,8 mlrd. so‘m bilan 35,5 %ni tashkil etdi, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 507,5 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,9 %ini tashkil etib, kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 882,5 mlrd. so‘m bilan17,2 %ni tashkil etdi.