30/08/2024

Joriy yilning 29-avgust kuni Furqat tumanining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktor o‘rinbosarlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.  Seminarda  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov, tuman maktabgacha va umumta’lim muassasalari bo‘limi vakillari qatnashdilar. Seminarda  E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini tayyorlashda o‘quvchilarning yoshi bo‘yicha tarkibi, sinflar bo‘yicha tarkibi, alohida fanlarni chuqur o‘zlashtirish, o‘quvchilarning olimpiadalarda ishtiroki, umumta’lim muassasasi pedagoglari va boshqa shunga o‘xshash ma’lumotlarni satrlarga to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha slayd yordamida tushuntirib berildi.