2024-yilning 1-noyabr holatiga Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni 32,1 mintani tashkil etdi.
Hududiy kesimda eng ko‘p kichik biznes subyektlari Farg‘ona shahrida (16,6 foiz), Qo‘qon shahrida (10,2 foiz), Marg‘ilon shahrida (7,9 foiz), Oltiariq tumanida (6,1 foiz) va Uchko‘prik tumanida (5,0 foiz) faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu hududlarda jami kichik biznes subyektlari sonining 50 foizdan ortig‘i faoliyat ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, ayni paytda kichik biznes subyektlari iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida ilg‘or faoliyat yuritmoqda.