Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi tomonidan hududlarda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Chunonchi, joriy yilning 15-noyabr kuni mazkur bo‘lim boshlig‘I A.Abdurazakov tomonidan Qo‘shtepa tumaniga qarashli “Ko‘prikboshi” MFYda bo‘ldi. U mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqqan holda raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, mahalla faollari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.