22/11/2024

Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2024- yil 1- noyabr holatiga ko‘ra 4,5 mingtani tashkil etdi. Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha bo‘ldi: savdo– 36,1 foiz, sanoat– 33,5 foiz, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar– 15,8 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida– 3,5 foiz, hududiy kesimda esa eng ko‘pi Rishton tumanida– 11,4 foiz, Farg‘ona shahrida– 9,9 foiz va Oltiariq tumanida– 9,4 foiz faoliyat ko‘rsatmoqda.