2025-yil yanvar oyi holatiga viloyatda xizmatlar eksporti hajmi 1,0 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 2,5 % ini tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 80,3 % ga ko‘paydi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport (49,3 %), moliyaviy xizmatlar (12,1 %), safarlar (turizm) (21,0%) va telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (17,6 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.