2025- yilning yanvar oyida import hajmi 140,8 mln AQSH dollariga yetdi va 2024- yilning mos davriga nisbatan 59,7 % ga ko‘paydi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (31,3 %), sanoat tovarlari (22,4 %) hamda mineral yoqilgʻi, yogʻlash moylari va shunga oʻxshash materiallar (21,4 %) hisobiga toʻgʻri keldi. Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 21,5 mln AQSH dollariga koʻpaydi va 1 308,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 2,3 mln AQSH dollariga yetdi.