2025- yil yanvar oyida import tarkibida sanoat mahsulotlari tovarlari hajmi 31,5 mln AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 46,4 % ga ko‘paydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 22,4 % ga yetdi.Sanoat mahsulotlari importi asosan choʻyan yoki legirlanmagan poʻlat (16,5 mln AQSH dollari), metallardan tayyorlangan buyumlar (2,5 mln AQSH dollari), yigirilgan ip, matolar, tayyor buyumlar va shunga oʻxshash mahsulotlar (4,4 mln AQSH dollari), rezina buyumlari (2,9 mln AQSH dollari), probka va daraxtdan tayyorlangan buyumlar (mebeldan tashqari) (2,5 mln AQSh dollari) va boshqalardan tashkil topgan.
13/03/2025