Joriy yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevral kungi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-son qarorinining mohiyati va mazmunini tanishtirish yuzasidan Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetining statistika yonalishi o‘qituvchi va talabalari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov, boshqarma axborot xizmati bosh mutaxassisi B.Maksudovalar qatnashdi. Kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevral kungi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevral kungi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmonlarining mohiyati va mazmunini tanishtirish yuzasidan ma’ruza tinglandi. Ma’ruzada, Prezident huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilishi, Statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish, integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish, “mahalladan – respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlari belgilanligi, 2025- yil yakunigacha “Hududlar statistikasi” axborot tizimi ishga tushirilishi, 2025- yil yakuni bo‘yicha hisobot davridan boshlab xodimlar soni yillik o‘rtacha 5 kishidan kam bo‘lgan va yillik tushumi BHMning 2 000 barobarigacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotini topshirish majburiyatini bekor qilinganligi hamda har uch yilda bir marotaba statistik hisobot topshirilishi belgilanligi, statistika organlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda 2026- yil 1- yanvardan hisobotlarni topshirishda korxona va tashkilotlarga maslahat beruvchi “Maslahatchi” sun’iy intellektga asoslangan interaktiv xizmati, foydalanuvchilarga statistik ma’lumotlarni tez izlab topishga ko‘maklashuvchi “Tahlilchi” sun’iy intellektga asoslangan konsultativ xizmati, statistik kuzatuvlarni telefon yordamida o‘tkazish imkonini beruvchi “Call-markaz” faoliyati interaktiv xizmat turlari joriy etilishi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, 2025/2026-o‘quv yilidan Milliy statistika qo‘mitasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Iqtisodiy statistika kafedrasi filiali tashkil etilayotganligi, 2025- yil 1- iyuldan YaTTlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari hamda iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida amalga oshirilishi haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqaru, joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-son qarori qabul qilinganligi, qarorga ko‘ra, Milliy statistika qo‘mitasi tuzilmasida “Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish” ofisi tashkil etilayotganligi, transformatsiya ofisi ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan statistik ma’lumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish, mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish, statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali qayta aloqani (mijozga yo‘naltirilganlikni) joriy etish kabi qustuvor yo‘nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas’ul etib belgilanganligi, shu bilan birga, Milliy statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom hamda Respublika statistika kengashi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanganligi haqida keng va atroflicha ma’lumot berildi. Shundan song, boshqarmaning “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholini ro‘yxatga olish jarayoni 3-boshqichda o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa bo‘lib xizmatqilishi haqida axborot berdi. Tadbir so‘ngida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.