2025-yilning yanvar oyida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 46,9 % to‘g‘ri kelib, 2024-yilning yanvar oyiga nisbatan 2,6 punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning yanvar oyiga nisbatan 102,7 % ni tashkil etgan holda 335,5 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.