Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-mart oylari holatiga Farg‘ona viloyati xorijga jami 2,0 mln AQSh dollari qiymatidagi 1,2 ming tonna quritilgan o‘lxo‘ri eksportini amalga oshirdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 71,1 % ga o‘sgan.