28/08/2025

2025-yil yanvar-iyul oylari holatiga Quvasoy shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 79 korxona va tashkilotlar tomonidan 193,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,4 %ni tashkil etdi.

Shundan:

Yirik korxonalar – 4,4 mlrd so‘m

Kichik korxona va mikrofirmalar – 151,0 mlrd so‘m

Norasmiy sektor – 37,8 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.