Joriy yilning 4-sentabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi O. Holbekov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Quva tumanidagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan M.Xoshimovlarxonadonda so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomaga tushgan uy xo‘jaligi olgan moddiy yordami, pul o‘tkazmalari, ijtimoiy o‘tkazmalari, sovg‘alar, xayriyalar, so‘nggi 7 kun ichida 156 ta mahsulotlar turi bo‘yicha sotib olinib va iste'mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlariga ketgan hamda xizmatlar sohasiga qilingan xarajatlar, uy xo‘jaligi tomonidan uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich va sovutkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobil va boshqa buyumlar bilan ta'minlanganligi haqidagi ma'lumotlar shakllantirildi va planshet qurilmasiga kiritildi.