Farg‘ona tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlariga oid huquqiy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabr va 2026-yil 05-yanvar kuni qabul qilingan qarorlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi 2025-yil 07-oktyabr kuni qabul qilingan qarorlar batafsil ma'ruzalar orqali tushuntirildi. Seminarda davlat budjeti daromadlarini prognozlash, kriminogen vaziyatni tashkil qiluvchi mahallalarda yaxlit manzillar tashkili va aholi ro'yxatga olish ishlari ko'rsatilgan tadbirlar yuzasidan so'zlashildi
Joriy yilning 9-yanvar kuni Farg‘ona tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi bosh yurist konsulti A.Nurmatov ochib, kun tartibidagi qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabr kungi “Davlat budjeti daromadlarini prognozlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-397-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 05-yanvar kungi “Respublika maxallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 07-oktyabrdagi “Ozbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-son qarorining mazmun-mohiyatini va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi.
U xususan, Davlat budjeti daromadlari bo‘yicha choraklik prognoz ko‘rsatkichlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan daromad manbalari hamda hududlar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi; prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangandan so‘ng 3 ish kunida tuman va shaharlarning budjet daromadlari bo‘yicha daromad manbalari hamda choraklar kesimidagi prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan tasdiqlanadi; yuqorida belgilangan daromadlarning prognoz ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda kiritilishi mumkin.
2026-yildan kelgusi moliya yili uchun Davlat budjeti daromadlari prognozini hisoblash Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan shaklda amalga oshirilishi haqida so‘z yuritdi. Shu bilan birga, endilikda mahallalar mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirilиши белгаланди. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 05-yanvar kungi “Respublika maxallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qaroriga ko‘ra, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida 2026 yilda hududlar mas’ul rahbarlar va muassasalarga quyidagi tartibda nomma-nom biriktiriladi: kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar – tuman (shahar) hokimlari, prokurorlari hamda ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga; 5 yildan buyon “qizil” toifada bo‘layotgan mahallalar – Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat darajasidagi ichki ishlar organlari rahbarlarining va hokimlarning o‘rinbosarlariga; 3 yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan mahallalar – huquq-tartibot idoralarining ta’lim va ilmiy tashkilotlariga; kriminogen vaziyati eng og‘ir tuman va shaharlar – viloyatlar darajasidagi prokurorlarning va ichki ishlar organlari rahbarlarining birinchi o‘rinbosarlariga; ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslar jinoyatchiligi hamda nizoli oilalar salmog‘i eng yuqori bo‘lgan mahallalar – tegishincha viloyatlar darajasidagi oila va xotin-qizlar, sog‘liqni saqlash hamda adliya boshqarmalari boshliqlariga noma-nom biriktirilishi haqida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 07-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-son qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirildi.




