Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Farg‘ona viloyati eksportida Rossiya yetakchi hamkor davlat bo‘lib, jami eksportning 41,4 % ini tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Turkiya (8,9 %), Afg‘oniston (7,8 %), Qozog‘iston (7,2 %), Qirg‘iz Respublikasi (7,1 %), XXR (7,0 %), Tojikiston (3,0 %), Turkmaniston (2,4 %), BAA (2,3 %) hamda Polsha (2,2 %) qayd etildi.
Mazkur 10 ta davlat hissasiga viloyat eksportining 89,1 % to‘g‘ri kelgani Farg‘ona viloyatining tashqi savdosida aynan ushbu mamlakatlar muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 91,9 % ni tashkil etdi. Tovar eksportida asosiy ulush oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (34,8 %), sanoat tovarlari (33,1 %), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (13,2 %) hamda turli xil tayyor buyumlar (10,8 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.




