11/08/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga Oltiariq tumanida 2 355 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.

 Sanoat: 533,7 mlrd so‘m, fizik hajm indeksi — 106,5 %.

 Bozor xizmatlari: 1 trln 146,1 mlrd so‘m, o‘sish sur’ati — 119,1 %.

 Chakana savdo: o‘sish sur’ati — 109,1 %.

 Qurilish: 289,5 mlrd so‘m, o‘sish sur’ati — 125,3 %.

 Investitsiyalar: asosiy kapitalga 710,2 mlrd so‘m o‘zlashtirildi.

 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik: 1 trln 714,2 mlrd so‘mlik mahsulot yetishtirildi.

 Doimiy aholi soni — 238 889 kishi. Shundan, 178 335 nafari shahar, 60 554 nafari qishloq aholisi.

2026-yilning dastlabki 6 oyida tumanda 2 390 ta tug‘ilish, 518 ta vafot etish, 543 ta nikoh va 140 ta nikohdan ajralish qayd etildi. Doimiy yashash maqsadida 249 kishi ko‘chib kelgan, 495 kishi ko‘chib ketgan.