Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo aylanmasi 15 278,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich viloyatdagi jami chakana savdo aylanmasining 75,7 foiziga teng bo‘lib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 26,7 foizga o‘sdi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasidagi eng yuqori ulushi:
Furqat tumani — 98,2 %
So‘x tumani — 89,2 %
Quvasoy shahri — 88,7 %
Oltiariq tumani — 87,2 %
Ushbu ko‘rsatkichlar chakana savdo sohasida kichik tadbirkorlik subyektlarining o‘rni va faolligi yuqori ekanini ko‘rsatadi.




