Joriy yilning 14- iyun kuni Marg‘ilon shahar hokimligiga qarashli obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish bo‘limi xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mutaxassisi G‘.Mamajonov ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori mazmun-mohiyati hamda bu tadbirni o‘tkazishdan maqsad-mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun manzilli dasturlarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilishi haqida gapirib o‘tdi.
Axborot xizmati.