Joriy yilning 21- iyun kuni Marg‘ilon shahri madaniyat uyida tumanga qarashli mahalliy davlat tashkilotlari va xo‘jalik tarmoqlari xodimlari ishtirokida E-stat 4.0 elektron tizim bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi boshlg‘i А.Тeshaboyev, “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi boshlg‘ning o‘rinbosari M.Axmedovalar qatnashib, ishtirokchilarga yangilangan E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizimi haqida atroflicha tushuncha berib, chorak yakunlari bo‘yicha taqdim etiladigan choraklik statistik hisobotlari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari hamda tadbirkorlik subuyektlarining hisob tizimini to‘g‘ri va haqqoniy yuritish, ma’lumotlarni elektron tarzida yig‘ish va ishlov berish imkoniyatlaridan foydalangan holda statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni yanada qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati.