Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2026- yilning 1- mart holatiga Farg‘ona viloyatida umumiy ovqatlanish sohasida 1 988 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
2026- yilning yanvar-fevral oylarida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 3 464,1 mlrd so‘mga yetdi.
Bu ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 13,8 foizga oshgan.




