08/10/2021

🏢Joriy yilning 7-oktabr kuni 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari uchun "O‘zbekiston Respublikasida  2023-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

photo2021-10-0815-12-44
photo2021-10-0815-12-47
photo2021-10-0815-12-44 photo2021-10-0815-12-47

Tadbirda Oltiariq tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi B.Siddiqov ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli qaroriga asosan mamlakatimizda 2023-yilda aholini ro‘yhatga olish tadbiri o‘tkazilishi, O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish, mehnat resurslarini joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanishi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Oltiariq tumani statistika bo‘limi.